Biz shunchaki maslahat bermaymiz — ekspertlarimiz kompaniyangizga bevosita kirib, biznes protsesslar, standart operatsion protseduralar (SOP), ISO 9001 sifat tizimi va savdo zanjirini o‘z qo‘llari bilan yo‘lga qo‘yadi.
Korxona miqyosiga qarab individual ishlab chiqiladigan yechimlar
UzAuto Motors va UzAutoTRAILER tajribasidagi 18+ yillik ekspert Akbar Qosimov boshchiligida korxonada xalqaro ISO 9001 sifat tizimini joriy qilish, mahsulot nuqsonlarini minimallashtirish va xarajatlarni qisqartirish.
Tadbirkorning har bir bo‘limiga mustaqil javobgar rahbarlar qo‘yish, aniq org-struktura chizish va yangi xodimlar tez moslashishi uchun 50+ SOP qoidalarini hujjatlashtirish.
50+ mln $ xaridlar tajribasi orqali ta’minot zanjirini arzonlashtirish hamda Akmal Nasimov va Shohruh To‘laganov metodologiyasida savdo bo‘limini noldan qurish yoki audit qilish.
Ekspertlarimiz kompaniyaga tashrif buyurib, moliya, xodimlar, ishlab chiqarish va sotuvdagi barcha xatoliklarni aniqlaydi.
Sizning biznesingizga xos Org-struktura, standart operatsion protseduralar (SOP) va moliyaviy hisobot jadvallari tayyorlanadi.
Xodimlarga yangi qoidalar o‘rgatiladi, javobgarliklar taqsimlanadi va barcha jarayonlar yozma tartibga tushiriladi.
Tadbirkor qo‘liga butun biznesni telefon orqali nazorat qiladigan dashboard topshiriladi va doimiy takomillashtirishga o‘tiladi.