NEXTONE missiyasi va maqsadi

Mustaqil fikrlaydigan va sifatli qaror qabul qiladigan tadbirkorlar safini kengaytirish

Biz jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy qiymatni oshirish uchun tadbirkorlarga biznesni bir kishiga emas, tizimga suyanadigan qilib qurishni o‘rgatamiz va korxonalarga amaliy implementatsiya qilib beramiz.

Shohruh To'laganov

Shohruh To‘laganov

Growth Strateg & Asoschi Shaxsiy NPS: 100%

NEXTONE Consulting va «Uyg‘unlik tizimi» dasturi asoschisi. Biznes arxitekturasi, strategik rejalashtirish va kompaniyalarning o‘sish nuqtalarini aniqlash bo‘yicha ko‘p yillik amaliyotchi.

Asosan biznes egalari va TOP-boshqaruv jamoalari bilan ishlab, kompaniyalarning bozor o‘rnini (vision), biznes modelini (Canvas) va qaror qabul qilish madaniyatini shakllantiradi.

Amalga oshirilgan loyihalar
Imkon Sut FayzHouse MallHamkor ResidenceHaridlar.uzVENU Marketplace
Akbar Qosimov

Akbar Qosimov

ISO 9001 Boshqaruv Konsultanti 18+ yillik xalqaro tajriba

Biznes-tizimlar va ISO standartlari bo‘yicha yetakchi ekspert. UzAuto Motors (sobiq General Motors Uzbekistan), UzAutoTRAILER va Uztelekom kabi gigant korxonalarda faoliyat yuritgan hamda 50+ million dollar miqdoridagi xaridlar va ta’minot tizimini takomillashtirgan.

Xalqaro standartlar: ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001, ISO 50001 va GM BIQ4 sifat tizimlarini O‘zbekiston amaliyotiga muvaffaqiyatli tatbiq etgan.

30 dan ortiq muvaffaqiyatli joriy qilingan korxonalar
Nazif MebelAutomedBilTexPerfect ShoesMuborak MebelMiniMax FinanceBest AuditVelora BakeryAfif Family
Asomiddin Keldiyorov

Asomiddin Keldiyorov

Monetizator & Marketing Savdo va strategiya

Strategiya, marketing va savdo bo‘yicha amaliyotchi. Biznesdagi mijozlar oqimi va sotuv voronkasini tahlil qilib, mavjud resurslardan maksimal foyda olish (monetizatsiya) mexanizmlarini yaratadi.

WMJ, TOP CEO, Defos buxgalterlar maktabi, IIIU universiteti kabi loyihalarda strategiya, marketing va savdo tizimini takomillashtirish orqali daromadni oshirgan.