1 OY • 4 HAFTA • OFFLAYN LABORATORIYA

«Uyg‘unlik» amaliy boshqaruv dasturi

Bu shunchaki quruq ma’ruza emas — har hafta o‘z biznesingizda qo‘llaysiz, tahlil qilasiz va mentorlar nazoratida tayyor boshqaruv konstruksiyasi bilan chiqasiz.

1-hafta • 1-modul Boshlovchi spiker: Shohruh To‘laganov

0. Inson va 1. Asos (Strategiya)

Tadbirkorning ichki qo‘rquvlari, qaror qabul qilish mexanizmi hamda kompaniyaning missiyasi, marketing tadqiqoti va Vision (Videniya) poydevori yaratiladi.

✓Qaror qabul qilish va tanlov mexanizmi
✓Biznes kommunikatsiya va kelishuv madaniyati
✓Jamiyatdagi og‘riqli muammoga yechim (Missiya)
✓Biznes model (Canvas) va o‘sish strategiyasi
🎯 Natija: Biz qayerdamiz va aniq qayerga qarab harakat qilayotganimiz bitta varaqda to‘liq ko‘rinadi.
2-hafta • 2-modul Boshlovchi spiker: Akbar Qosimov (18+ yil ISO 9001)

2. Korpus: Struktura, SOP va Jarayonlar

Kompaniyaning suyak qafasi: tashkiliy tuzilma (org-struktura), bo‘limlararo o‘zaro majburiyatlar, lavozim yo‘riqnomalari va standart operatsion protseduralar (SOP).

✓Kompaniyaning yagona Org-strukturasi
✓50+ tayyor biznes-protsess va SOP shablonlari
✓Har bir xodim uchun lavozim yo‘riqnomasi
✓Moliyaviy boshqaruv va xarajatlar nazorati modeli
🎯 Natija: Har bir xodim o‘z vazifasini aniq biladi, bitta xodim ketib qolsa tizim to‘xtamaydi.
3-hafta • 3-modul Boshlovchi spikerlar: Shohruh va Akmal Nasimov

3. Dvigatel: Bo‘limlar va Sotuv Tizimi

HR, marketing, sotuv (Akmal Nasimov), ishlab chiqarish, buxgalteriya, ta’minot va IT avtomatlashtirishning yagona mexanizm bo‘lib ishlashi.

✓Akmal Nasimovdan sotuv tizimi va skriptlar
✓HR boshqaruv va xodimlarni saralash mezonlari
✓Ishlab chiqarish, ta’minot va logistika uzviyligi
✓IT va CRM orqali avtomatlashtirish
🎯 Natija: Lidlar kuyib ketmaydi, bo‘limlar o‘rtasidagi ziddiyat yo‘qoladi va savdo zanjiri tartibga tushadi.
4-hafta • 4-modul Boshlovchi spiker: Akbar Qosimov & Shohruh To‘laganov

4. Nazorat (Dashboard) va Natijaga Chiqish

O‘lchash, monitoring, hisobotlar orqali boshqaruv va tadbirkorning operatsionkadan to‘liq chiqish strategiyasi.

✓Yagona boshqaruv dashboardi (Google Sheets/PowerBI)
✓Asosiy KPI ko‘rsatkichlari tizimi
✓Haftalik tahlil va monitoring yig‘ilishlari formati
✓Uzluksiz takomillashtirish (Kaizen) modeli
🎯 Natija: Butun biznesingizning holatini bitta ekranda raqamlar orqali ko‘rib, ratsional qarorlar qabul qilasiz.
Moddiy qiymat

Dastur yakunida qo‘lingizda nimalar qoladi?

Konspekt emas, biznesingizda ertadan ishlaydigan tayyor hujjatlar to‘plami:

50+

Standart SOP shablonlari

Barcha bo‘limlar uchun tayyor operatsion qo‘llanmalar va qoidalar to‘plami.

100%

Tasdiqlangan Org-struktura

O‘z biznesingizning iyerarxiyasi, bo‘ysunish va javobgarlik xaritasi.

1 ta

Boshqaruv Dashboardi

Moliya, sotuv va xodimlarni bitta ekranda ko‘rsatib turuvchi monitoring jadvali.

1 ta

Biznes model (Canvas)

Kompaniyangizning pul oqimi va qiymat zanjiri aks etgan strategik xarita.

30+

Lavozim yo‘riqnomasi

Rahbar, sotuvchi, menejer va ijrochilar uchun aniq natijaga bog‘langan yo‘riqnomalar.

1 oylik

Mentorlik va Kuratorlik

Akbar Qosimov va Shohruh To‘laganov nazoratida uyga vazifalarni tekshirish.

Qatnashish paketlari

O‘zingizga mos tarifni tanlang

Bank orqali bo‘lib to‘lash (nasiya) va korporativ to‘lov imkoniyatlari mavjud.

Standart

Yakka tadbirkorlar va startap egalari uchun

Konsultatsiyada
  • 4 haftalik barcha darslar
  • 1 kishi (Biznes egasi) ishtiroki
  • 50+ SOP va org-struktura shablonlari
  • Umumiy guruhdagi savol-javoblar

VIP / Implementatsiya

Kompaniyaga borib tizim joriy qilish bilan birga

Individual
  • Tizimli jamoa paketidagi barcha xizmatlar
  • Ekspertlarning kompaniyangizga shaxsiy tashrifi
  • Individual org-struktura va jarayonlar auditi
  • 3 oylik to‘liq kuratorlik nazorati
🛡️

100% Xavfsiz Shartnoma va Sifat Kafolati

Biz o‘z metodologiyamizga to‘liq ishonamiz. Agar 1-hafta (1-modul) yakunlangach, dastur biznesingizga to‘g‘ri kelmasa yoki kutgan natijani bermasa, to‘langan mablag‘ 100% so‘zsiz qaytarib beriladi.