Kompaniyangizni operatsion botqoqlikdan chiqarib, bo‘limlar yig‘indisini soat kabi ishlaydigan «Uyg‘unlik tizimi»ga o‘tkazing. UzAuto Motors, Uztelekom va 30+ korxonalarda tizim qurgan amaliyotchi mentorlar nazoratida boshqaruv konstruksiyasini yarating.
Ertalabdan kechgacha mayda-chuyda savollar faqat siz orqali o‘tadi. Sizsiz na to‘lov qilinadi, na mijoz bilan kelishuv yopiladi.
Yetakchi mutaxassis ishdan ketsa yoki kasal bo‘lsa, butun bo‘lim ishi falaj holatga kelib qoladi.
Marketing, sotuv va ombor bir-birini ayblaydi. Natijada lidlar kuyadi, buyurtmalar kechikadi, kassa esa kutilgandek o‘smaydi.
Yangi kelgan xodimga hamma narsani boshqatdan o‘rgatish kerak. Xatolar qayta-qayta takrorlanadi, javobgarlik esa yo‘q.
Biznesingizni bo‘limlar yig‘indisidan yagona ishlaydigan tizimga aylantiruvchi 6 ta asosiy konstruksiya.
0-MODULBiznesdagi tizim tadbirkorning o‘zidan boshlanadi. Agar insonning ichki to‘siqlari hal qilinmasa, har qanday tizim qulab tushadi.
1-MODULBiz qayerdamiz va aniq qayerga boramiz? Biznes model, bozor tahlili va uzoq muddatli vizyonning aniq chizmasi.
2-MODULKompaniyaning suyak qafasi: har bir xodim kimga bo‘ysunadi, nima qiladi va qanday yo‘riqnoma (SOP) bilan ishlaydi.
3-MODULBiznesning harakatlantiruvchi kuchi: HR, marketing, sotuv (Akmal Nasimov), ishlab chiqarish, buxgalteriya va ta’minot.
4-MODULTizimdan olinadigan real natijalar: foydaning o‘sishi, barqarorlik va tadbirkorning xotirjamligi.
5-MODULO‘lchanmaydigan narsani boshqarib bo‘lmaydi. Boshqaruv hisobotlari, KPI ko‘rsatkichlari va uzluksiz takomillashtirish.
Growth Strateg & Asoschi
NEXTONE Consulting va «Uyg‘unlik tizimi» dasturi asoschisi. Biznes arxitekturasi va strategik boshqaruv bo‘yicha ekspert. Shaxsiy NPS ko‘rsatkichi: 100%.
ISO 9001 Boshqaruv Eksperti
Biznes-tizimlar va ISO standartlari bo‘yicha 18+ yillik xalqaro konsultant. UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan), UzAutoTRAILER va Uztelekom korxonalarida 50+ mln $ xarid tizimlarini boshqargan.
Monetizator & Marketing
Strategiya, marketing va savdo bo‘yicha amaliyotchi. Biznes egalari bilan bevosita ishlab, o‘sish nuqtalarini aniqlash va daromadni monetizatsiya qilishga ixtisoslashgan.
Kompaniyangiz qaysi bo‘g‘inda oqsamoqda? 15 daqiqalik ekspress biznes-auditga ariza qoldiring va ekspertlarimizdan aniq yechimlar rejasini oling.